Зарубежная художественная литература
  • формат pdf
  • размер 7,60 МБ
  • добавлен 03 февраля 2012 г.
Қодирий Абдулла. Меҳробдан чаён
Тошкент: Шарқ, 2005. — 290 б.
Turkiston feodallarinmg keyingi vakili bo‘lg‘an Xudoyoing o‘z xohishi yo'lida dehqon ommasi va mayda hunarmand — kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo'lmasin, rahmsiz jazo berishi ro'monning mavzui’dir. Xudoyoing bu yo'ldag'i birinchi istinodgohi bo‘lg‘an ulamolar, ulaing ichki-tashqi ahvoli, axloqi, madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitkanligi va qolg'ani ham xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkaniini mundarija sig'dirg'an qadar bayon qilinadir. Bular ro'monning nomarg'ub — manfiy qahramonlari. Ikkinchi tarafda mazkur qora kuchlarga qarshi turgan sinf — kambag'allar, ulaing xonliq tuzilishiga, qora kuch — ulamo alayhiga chiqishi. Mehnatkash kambag‘allaing axloqi, sajiyasi, oilasi, turmishi va bir-biriga aloqasi, samimiyati.
Albatta, men bu so'ngg‘i marg4xb qahramonlami o'zbek tarixining hazmi ko‘targan qadar o‘z holicha olishqa tirishdim. TJlaming ion va ulamoga qarshi isyo-ni tabi’iy — shar’iydir. Chunki shundan ortig‘i soxta bo‘lishi ustiga kitobning qadrini ham tushurar edi. Shu ikki sinf kurashini tasvir qilish vositasida xon harami, xotinlari, qirq qizlar, tarixiy va etno4g‘rafiy Lavhalar, o'zbek hayoti, qiziqchilig‘i, tanqidchilig'i, o'zbek xotin-qizlari orasidag‘i iste’dod, shoirlar, azkiyachilik va boshqa yana ko‘b nuqtalai qamrab olindi.
Ro‘monda yana bundan boshqa bir ko‘b jihatlar bor. Ulami bu yerda sanab o‘lturish hojat emas, ular muhtaram, o‘qug‘uchinmg nazaridan qochib qutilmas.