Зарубежная художественная литература
  • формат pdf
  • размер 2,06 МБ
  • добавлен 20 марта 2016 г.
Бедил Мирза Абдулқодир. Рубойилар
Mirzo Abdulqodir Bedil — qiyosi yo‘q shoir, mutafakkir va jamiyatshunos olim, o‘ziga xos faylasufona qarashlar sohibi bo‘lgan insondir. Asli Shahrisabzning barlos urug‘idan bo‘lgan shoiing ota-bobolari Hindistonga ko‘chib borib, o‘sha yerda turg‘un yashab qolishgan. Hindistonning Azimobod shahri yaqinidagi Patnada 1644 yilda harbiy xizmatchi oilasida tavallud topgan Bedil 1720 yilning 5 dekabrida Dehlida vafot etadi.
Otasidan yetim qolgan Abdulqodir onasining qo‘lida tarbiyalanadi. Uning bilim olishga bo‘lgan chanqoqligini sezgan amakisi Mirzo Qalandar bilan tog‘asi Mirzo Zarifning yaqindan yordami tufayli savodini oshiradi, arab tili grammatikasini, hind va urdu tillarini, so‘fiyona qarashlai o‘zlashtiradi. Uning tinimsiz intilishlari va izlanishlari hatto o‘n yoshida yozgan ilk ruboiylarida yaqqol sezilib, atrofidagilai hayratga soladi. Oltmish yoshga borganida yozgan «Chor unsur» asarida o‘zining hayotiga, tarjimai holiga va dunyoqarashiga oid fikrlarini bayon qilgan. Nihoyatda sermahsul, tinmas va izlanuvchan shoir bo‘lgan Bedil katta meros qoldirdi. Uning «Kulliyot»iga kiritilgan asarlarining o‘zi 130 ming misra she’r va 50 bosma toboqdan ortiq nasi tashkil etadi. «Tilsimi hayrat», «Tarkibot va tarjeot», «Muhiti a’zam», «Turi ma’rifat», «Ishorat va hikoyat», «Ruqa’ot», «Chor unsur», «Irfon», «Nukot», «G’azaliyot», «Ruboiyot» kabi bir qancha asarlari mavjud.